Ko‘p so‘raladigan savollar
Edumoni nima?
Edumoni, 20 yildan ortiq vaqtdan beri talabalariga, xorijda ta'lim imkoniyatlari, imtihonlarga tayyorgarlik va til o‘qitishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar taqdim etadigan ta'lim muassasasidir. O‘zbekistonda tashkil etilgan Edumoni, dunyo bo‘ylab ta'lim xizmatlari bilan shug‘ullanadi.
Edumoni qanday imtihonlarga tayyorlaydi?
Edumoni, YÖS, DTM, til imtihonlari (Ingliz tili, Rus tili, Turk tili, Xitoy tili), xalqaro imtihonlar va karyera rejalashtirish kabi keng xizmatlar taqdim etadi.
YÖS imtihoniga qanday tayyorlanishim kerak?
Edumoni, YÖS imtihoniga qaratilgan keng qamrovli kurslar va sinov imtihonlarini taqdim etib, talabalarga bu imtihonlardan muvaffaqqiyatli o’tishda yordam beradi. Shaxsiy o‘quv rejalari taqdim etiladi va Turk tilini o’rganishga ham yordam beriladi.
YÖS imtihoni nima?
YÖS, Turkiyada o‘qishni xohlagan chet ellik talabalar uchun o‘tkaziladigan imtihondir. U matematika, geometriya, mantiq va IQ testlaridan iborat.
DTM imtihoniga qanday tayyorlanishim kerak?
Edumoni, DTM imtihoniga tayyorlashda professional ta’lim bergan holda, talabalarni universitetga muvaffaqiyatli qabul qilinishlariga tayyorlaydi. Imtihon tarkibi haqida atroflicha ma’lumot, sinov imtihoni va shaxsiy maslahatlar taqdim etiladi.
Edumoni til o‘qitish dasturlari qanday?
Edumonida turk, ingliz, rus va xitoy tili bo‘yicha o‘quv dasturlari taqdim etiladi. O‘quv dasturlari boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajalarda bo‘lib, talabalarning til malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Xorijda o‘qish uchun qanday murojaat qilishim kerak?
Edumoni, Turkiya va Angliya kabi ko‘plab mamlakatlardagi universitetlar uchun konsalting xizmatlari taqdim etadi. O‘quv muassasasiga murojaat qilish, viza jarayonlari va boshqa zaruriy bosqichlarda yordam beriladi.
Edumoni Turk tilini o‘qitadimi?
Ha, Edumoni Turk tilini o‘qitadi. Turkiyada o‘qishni istagan chet ellik talabalar uchun turk tili darslari, grammatika va kundalik muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Edumoni o‘qituvchilar jamoasi kimlardan iborat?
Edumoni, o’z sohasi bo‘yicha mutaxassis va tajribali o‘qituvchilardan tashkil topgan jamoaga ega. Talabalar eng yaxshi natijalarga erishishlari uchun har biriga individual yordam ko‘rsatiladi.
Turk tilini o’rganish YÖS imtihoniga qanday yordam beradi?
Turk tilini o’rganish, YÖS imtihoniga tayyorgarlik jarayonida talabalarning akademik va ijtimoiy moslashuvlarini yaxshilaydi. Turk tili darslari, yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng qamrovli dasturdan iborat.
Xorijda o‘qish bo‘yicha konsalting xizmatingiz qanday ishlaydi?
Edumoni, xorijda o‘qishni istagan talabalar uchun barcha bosqichlarda konsalting xizmatlarini taqdim etadi. Talabalar, o‘quv muassasasini tanlashdan tortib, viza jarayonlariga qadar barcha masalalarda yordam olishadi.
YÖS va DTM imtihonlari o‘rtasidagi farq nima?
YÖS, Turkiyada o‘qishni istagan chet ellik talabalar uchun o‘tkaziladigan imtihon bo‘lsa, DTM O‘zbekistondagi universitetlarga kirish uchun mo‘ljallangan imtihondir. Ikkalasi ham ma'lum akademik malakalarni o‘lchaydi.
Imtihon stressini qanday boshqarishim mumkin?
Edumoni, talabalarni imtihon qo‘rquvini boshqarish va stress bilan kurashish bo‘yicha o‘qitadi. Sinov imtihonlari va shaxsiy maslahatlar orqali stressni kamaytirishga qaratilgan seminarlar tashkil etiladi.
Edumoni YÖS tayyorgarlik kurslari qancha davom etadi?
Edumoni YÖS tayyorgarlik kurslari, talabalarning imtihonga kirish sanasiga qarab rejalashtiriladi. Kurslar odatda 3-6 oy davom etadi va talabalarning ko’nikmalariga qarab rejalashtiriladi.
Edumoni’da ta'lim olish uchun qanday murojaat qilaman?
Edumoni’da ta'lim olish uchun bizning veb-saytimizga tashrif buyurishingiz, o‘quv dasturlari haqida ma'lumot olishingiz va ariza formasini to‘ldirishingiz mumkin. Shuningdek, +998 90 973 00 10 telefon raqamimizga qo‘ng‘iroq qilib yoki Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 3B manziliga tashrif buyurib, ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

